ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildings jamoasi “Nurli maskan” maktab-internati tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
Murad Buildings jamoasi “Nurli maskan” maktab-internati tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

14-sentyabrda Murad Buildings jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tasarrufidagi 11-sonli ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatiga tashrif buyurdi.

 

Bu yerda ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yashab, tahsil oladi. Ular ta’lim olish bilan birga, o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradi, ijod qiladi va mustaqil hayotga tayyorlanadi.

Uchrashuv payti bolalarga “Burhon va uning maxluqchalari” nomli kitobining Brayl alifbosidagi maxsus nashri topshirildi. Kitob muallifi — Madina Mo‘minova.

 

“Burhon va uning maxluqchalari” — bolalarning qo‘rquv va his-tuyg‘ulari haqida hikoya qiluvchi samimiy asar bo‘lib, undagi noodatiy maxluqchalar bola kundalik hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan kechinmalarning timsoli hisoblanadi. Burhonjonning hikoyasi orqali kitob qo‘rquv haqida ochiq gapirishga yordam beradi va uni tushunish, qabul qilish hamda yengishni o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi.

“Nurli maskan” tarbiyalanuvchilari uchun kitobning Brayl alifbosida tayyorlangani katta ahamiyatga ega. Endi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan yosh kitobxonlar ham bu hikoya bilan mustaqil tanishishi, qahramonlar taqdirini kuzatishi va voqealarni ular bilan birga his qilishi mumkin.

Uchrashuv faqat sovg‘alar bilan cheklanib qolmadi. Maktab-internat tarbiyalanuvchilari mehmonlar uchun maxsus konsert dasturini tayyorlab, o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Bolalar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etib, mehmonlarga iliq taassurotlar ulashdilar va uchrashuvga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.

Murad Buildings “Nurli maskan” tarbiyalanuvchilari va pedagoglariga samimiy kutib olganlari hamda ushbu kunni birga o‘tkazganlari uchun minnatdorlik bildiradi.

Boshqa yangiliklar
Murad Buildings Yangi Toshkentdagi Sarbon loyihasini taqdim etdi
Murad Buildings Yangi Toshkentdagi Sarbon loyihasini taqdim etdi
To‘liq o‘qish
Soy Bo‘yi turar-joy majmuasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
Soy Bo‘yi turar-joy majmuasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
To‘liq o‘qish