ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildings Yangi Toshkentdagi Sarbon loyihasini taqdim etdi
Murad Buildings Yangi Toshkentdagi Sarbon loyihasini taqdim etdi

12-sentyabrda Yangi Toshkent Qurilish direksiyasida Murad Buildings’ning yangi loyihasi — Sarbon TJM taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Yangi Toshkent — shunchaki uy-joy quriladigan yangi hudud emas, balki to‘laqonli shahar barpo etishga qaratilgan yirik loyihadir. Hozir Yangi Toshkentda turar joy massivlari, transport, ijtimoiy, ta’lim, madaniy va yashil infratuzilma bir vaqtning o‘zida qurilmoqda. Bu katta qurilishning asosiy tamoyillaridan biri “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasi bo‘ladi. Ya’ni, maktablar, do‘konlar, sport obyektlari, jamoat joylari va boshqa muhim infratuzilma obyektlari uyga qulay masofada joylashgan shahar qurilmoqda.

Shu bilan birga transport tizimi ham rivojlantirilmoqda: metro, yangi avtomobil yo‘llari va tramvay yo‘nalishlarini qurish rejalashtirilgan.

Sarbon bugun Yangi Toshkentda shakllanayotgan yangi shaharning bir qismiga aylanadi. Loyiha hududning kelajakdagi rivoji va shahar hayotining yangi ritmini hisobga olgan holda yaratilmoqda. Sarbon nomi yo‘lni biladigan va boshqalarga yo‘l ko‘rsatadigan yo‘lboshchi timsoli bilan bog‘liq. Aynan shu g‘oya loyiha konsepsiyasining asosini tashkil etadi: Sarbon Yangi Toshkentga yo‘l ko‘rsatuvchi, uning aholisiga zamonaviy shahar muhitini va kundalik hayotning yangi formatini kashf etishga yordam beruvchi loyiha bo‘lishni maqsad qilgan.

Tadbir davomida mehmonlar Yangi Toshkentda bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Sarbon konsepsiyasi va uning asosiy g‘oyalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Loyiha shunchaki turar joy majmuasi sifatida emas, balki uy, infratuzilma va jamoat hududlari yagona makonga birlashadigan katta shahar muhitining bir qismi sifatida yaratilmoqda.

Murad Buildings uchun Yangi Toshkent rivojiga hissa qo‘shish — shaharning kelajakdagi qiyofasini shakllantiradigan loyihalarni yaratish imkoniyatidir.да.

Sarbon — Murad Buildings loyihasi va Yangi Toshkentdagi yo‘lboshchingiz.

Boshqa yangiliklar
Soy Bo‘yi turar-joy majmuasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
Soy Bo‘yi turar-joy majmuasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
To‘liq o‘qish
“MB Shaxmat yulduzlari”: Murad Buildings ilk bolalar shaxmat turnirini o‘tkazdi
“MB Shaxmat yulduzlari”: Murad Buildings ilk bolalar shaxmat turnirini o‘tkazdi
To‘liq o‘qish