ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22
Kvartira tanlash ico
1
Oʻz
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildings daryo bo‘yida joylashgan hayotning yangi standartini belgilovchi Soy Bo‘yi loyihasining ochilish marosimini tantanali tarzda o‘tkazdi
Murad Buildings daryo bo‘yida joylashgan hayotning yangi standartini belgilovchi Soy Bo‘yi loyihasining ochilish marosimini tantanali tarzda o‘tkazdi

2026-yil 8-fevralda Uchtepa tumanida Murad Buildings kompaniyasi Soy Bo‘yi turar-joy majmuasining 1-bosqichi rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbir o’tkazdi. Biznes-klassga mansub ushbu noyob loyiha zamonaviy arxitektura, tabiat bilan uyg‘unlik va yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etadi.

Tadbir mahalla ruhi bilan ilhomlangan festival formatida bo‘lib o‘tdi. Samimiy muloqot, tabassumlar, milliy taomlar va qo‘shnichilik muhiti kelajakdagi yashovchilar uchun nafaqat loyiha bilan tanishish, balki bir-birini yaqindan bilish va umumiy qadriyatlar asosida shakllanayotgan hamjamiyatning bir qismi ekanini his etish imkonini berdi. Dastur doirasida majmuaning to‘rt bloki bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etildi. Mehmonlar obodonlashtirilgan hududlar, xonadonlar va dam olish zonalarini ko‘zdan kechirib, ularni yuqori baholashdi.

Tadbir davomida xaridorlarning ishonchi va loyihaning uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Murad Buildings va O‘zbekinvest kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik ta’kidlandi. Ular avvalroq «Ikki karra ishonch» dasturini taqdim etishgan. Ushbu dasturga ko‘ra, qurilish ishlari yakunlangach, 10 yil davomida Murad Buildings hisobidan Soy Bo‘yi majmuasidagi xonadonlar sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanadi. Sug‘urta yong‘in, portlash, o‘g‘irlik, noqonuniy harakatlar, tabiiy ofatlar va boshqa kutilmagan holatlarni qamrab oladi.

«Soy Bo‘yi loyihasi birinchi bosqichining ochilishi jamoamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Biz odamlar uchun qulay, xavfsiz va osoyishta yashash muhitini yaratyapmiz. Biz uchun aholi bilan uzoq muddatli munosabatlarni aynan loyihaga qo’yilgan ilk qadamdan yo‘lga qo‘yish juda muhim», — deb ta’kidladi Murad Buildings bosh direktori Oybek Nurmuxamedov.

Shuningdek, shu kunlarda Soy Bo‘yi turar-joy majmuasining ilk yashovchilariga xonadon kalitlari topshirilmoqda. Bu esa loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanganidan dalolat beradi. Yaqin orada majmua hududi bolalar va kattalarning quvonchli ovozlari bilan to‘ladi.

Bugun Soy Bo‘yi asta-sekin haqiqiy ahil yashovchilar shakllanayotgan maskanga aylanmoqda. Bu yerda qo‘shnichilik, ishonch va chinakam mahalla muhiti qadrlanadi.

Boshqa yangiliklar
Soy Boy’i turar joy majmuasining yashovchilariga xonadon kalitlari topshirilmoqda
Soy Boy’i turar joy majmuasining yashovchilariga xonadon kalitlari topshirilmoqda
To‘liq o‘qish
Murad Buildings kompaniyasi V. A. Uspenskiy nomidagi maktab-internatning iqtidorli tarbiyalanuvchilarini Yangi yil bilan tabrikladi
Murad Buildings kompaniyasi V. A. Uspenskiy nomidagi maktab-internatning iqtidorli tarbiyalanuvchilarini Yangi yil bilan tabrikladi
To‘liq o‘qish