ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi

Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi

15–16-oktyabr kunlari yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida shaharsozlik, arxitektura, qurilish va muhandislik sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat idoralari, biznes va ilmiy doira vakillari, investorlar, me’morlar, muhandislar hamda qurilish sohasi mutaxassislari ishtirok etib, barqaror rivojlanish yo‘lidagi dolzarb muammolar va istiqbollarni muhokama qildilar.

Murad Buildings kompaniyasi qurilish sohasini rivojlantirish, mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va bo‘lajak kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatladi. Forumning kirish qismida Murad Buildings texnik direktori Aleksey Lyan nutq so‘zlab, ta’lim muassasalari va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati hamda zamonaviy qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

 

Forumning birinchi kunida Murad Buildings mahsulot ishlab chiqish bo‘limi rahbari Andrey Trebunskix zamonaviy qurilish sohasida mahsulot yaratishga kompleks yondashuv mavzusida ma’ruza qildi. Unda bo‘lajak majmua aholisining haqiqiy ehtiyojlariga mos turar joy loyihalarini yaratish tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Turar joy loyihasini ishlab chiqish jarayoni qurilish boshlanishidan ancha oldin yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayon mijozlar ehtiyojlarini o‘rganish, loyiha konsepsiyasini shakllantirish, xonadonlar rejasini ishlab chiqish, infratuzilma va yashash hududining funksional imkoniyatlarini belgilash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Aynan shu bosqichda kundalik hayot qulayligi, loyihaga bo‘lgan talab va uning uzoq muddatli qiymatini belgilovchi asosiy xususiyatlar shakllanadi.

Forumning ikkinchi kunida Murad Buildings loyihalash va standartlashtirish boshqarmasi rahbari Dmitriy Sherbitskiy “Diplom va qurilish maydonchasi o‘rtasidagi tafovut: nega muhandis o‘qishni tugatganidan besh yil o‘tibgina yetuk mutaxassisga aylanadi?” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

 

U o‘z chiqishida universitetda olingan nazariy bilimlar bilan haqiqiy qurilish loyihalarida ishlash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi tafovut muammosini ko‘tardi. Shuningdek, amaliy tajriba orttirish, texnologik jarayonlarni chuqur tushunish va real ishlab chiqarish sharoitida muhandislik qarorlarini qabul qila olish muhimligini ta’kidladi.

Murad Buildings vakillarining Global Forum 2026’dagi ishtiroki kompaniyaning amaliy tajribasini ulashish va qurilish sohasining kelajagi haqidagi professional muloqotga hissa qo‘shish imkonini berdi. Biznes va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik o‘quv dasturlarini bozorning bugungi talablariga moslashtirish, bilim va tajriba almashish uchun sharoit yaratish hamda zamonaviy texnologik va infratuzilmaviy muammolarga yechim topa oladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Murad Buildings uchun bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash – professional hamjamiyatni rivojlantirish, qurilish sifatini oshirish va O‘zbekistonda barqaror shahar muhitini shakllantirishga qo‘shilgan muhim hissadir.

Boshqa yangiliklar
SOY BO‘YI FEST: Murad Buildings Soy Bo‘yi turar joy majmuasining ikkinchi bosqichini foydalanishga topshirdi
SOY BO‘YI FEST: Murad Buildings Soy Bo‘yi turar joy majmuasining ikkinchi bosqichini foydalanishga topshirdi
To‘liq o‘qish
Murad Buildings jamoasi “Nurli maskan” maktab-internati tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
Murad Buildings jamoasi “Nurli maskan” maktab-internati tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
To‘liq o‘qish