ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildings Build Connect 2026 forumida
Murad Buildings Build Connect 2026 forumida

25-iyunda Murad Buildings jamoasi qurilish sohasi yetakchilari, developerlar, pudratchilar va yetkazib beruvchilarni birlashtirgan ilk tarmoq forumi — Build Connect 2026’da ishtirok etdi.

Forumning ishbilarmonlik dasturi doirasida kompaniya nomidan 2 nafar ekspert ma’ruza o‘qidi.

 

Moliyaviy direktor Marina Zabolotneva “Kassa uzilishlarini bartaraf etuvchi moliyaviy vositalar: amaliy mexanizm va keyslar” mavzusida ma’ruza qildi.

U o‘z chiqishida likvidlikni samarali boshqarish, kassa uzilishlarining oldini olish hamda developerlik loyihalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi.

 

Xaridlar boshqarmasi rahbari va operatsion samaradorlikni oshirish bo‘limi rahbari Natalya Kim “Pudratchini xatarsiz tanlash: baholash modeli va ishonchsiz pudratchilar reyestri” mavzusida ma’ruza qildi.

U o‘z chiqishida pudratchilarni har tomonlama baholash, xatarlarni boshqarish hamda xarid jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy yondashuvlar va vositalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Natalya Kim “Nega pudratchi va yetkazib beruvchilar tenderlarda yutqazadi? Haqiqiy xatolar tahlili va nimalarni o‘zgartirish kerak” mavzusidagi muhokamada ham ishtirok etdi.

 

Muhokama davomida u boshqa soha mutaxassislari bilan tender jarayonlarida uchraydigan eng ko‘p xatolar va developerlarning kutadigan natijalari haqida suhbatlashishdi hamda pudratchi va yetkazib beruvchilarga muvaffaqiyatli hamkorlik imkoniyatlarini oshirishga yordam beradigan amaliy tavsiyalar berishdi.

 

Build Connect 2026 forumidagi ishtirok Murad Buildings uchun professional hamjamiyat bilan amaliy tajriba almashish, shuningdek, developerlik biznesini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar
Soy Bo‘yi turar-joy majmuasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
Soy Bo‘yi turar-joy majmuasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi
To‘liq o‘qish
“MB Shaxmat yulduzlari”: Murad Buildings ilk bolalar shaxmat turnirini o‘tkazdi
“MB Shaxmat yulduzlari”: Murad Buildings ilk bolalar shaxmat turnirini o‘tkazdi
To‘liq o‘qish