“MOVE Real Estate Summit 2026” forumidan keyin OAVda chiqqan materiallarga munosabat bildirar ekan, Murad Buildings shuni alohida ta’kidlaydi: bozor shaffofligi haqidagi fikrlar Yangi Toshkent loyihalariga aloqador emas va ularning real holatini aks ettirmaydi.
CMWP Uzbekistan bosh direktori Denis Sokolov tomonidan berilgan savol O’zbekiston yer bozori umumiy holatiga qaratilgan edi. Murad Buildings operatsion direktori Vyacheslav Krivosheyevning javobi esa tizimli xarakterga ega bo‘lib, sohaning evolyutsiyasi haqida edi — aniq davlat tashabbuslari yoki hududlarga baho berish emas.
Ekspert fikrning asosiy mazmuni:
“… bugun bozor ancha taraqqiy etgan. Yaqin vaqtlargacha esa u mutlaqo spekulyativ, hayotdan va iqtisoddan uzilgan edi.”
Gap so’nggi bir yil ichida bozorning ijobiy rivoji va yetilish jarayoni haqida bordi. Ayrim loyihalardagi avvalgi qiyinchiliklar haqida so’z yuritar ekan, u shunday dedi:
“Ba’zi joylarda yer egalari uchastkalarni moliyaviy modellarga umuman mos kelmaydigan narxlarda sotishgan.”
Bu o’tish davridagi alohida holatlar tasviri bo’lib, Yangi Toshkentdagi amaldagi mexanizmlarga baho emas.
Davlatning roli ham alohida qayd etildi: “Aslida, Toshkentda bitta yer egasi qoldi — bu davlat”, shuningdek: “Davlat o’z misolida ko’rsatmoqda: mablag’ kiritmoqda, infratuzilma qurmoqda, kompaniyalarga tez qurish imkonini bermoqda.”
Ekspert investitsion salohiyatni ham ta’kidlab o’tdi:
“Yangi Toshkentda lotlar tanlovi katta… yaqin 5 yil ichida bu maydon haqiqatan ham jonlanadi.”
Murad Buildings ning qat’iy yondashuvi — ishda shaffoflik: “hamma narsani shaffof qilish kerak”, va norasmiy sxemalardan voz kechish: “aniq qoidalar bor, aniq komissiyalar mavjud.”
Bugun davlat tomonidan yagona reglamentlar shakllantirilmoqda, mutassadi komissiyalar roli kuchaytirilmoqda, jarayonlar raqamlashtirilmoqda. Bu choralar istiqbolni oldindan bashorat qilinadigan muhitni yaratmoqda, bu Yangi Toshkentdagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ham tasdiqlanadi.
Chiqishning asosiy mazmuni — bozordagi ijobiy o’zgarishlarni tan olish va shaffof o’yin qoidalarini qo’llab-quvvatlashdir. Alohida iqtiboslarni umumiy kontekstdan uzib olib Yangi Toshkentga bog’lash chiqish mazmuniga mos kelmaydi. Murad Buildings professional muloqotga ochiq qolib, bozor yetukligi nafaqat islohotlar, balki faktlar va umumiy mazmunga tomonlarning mas’uliyatli yondashuv bilan ham belgilanishiga ishodnadi.