Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egallab, kompaniya sharafini munosib himoya qildi.

Ushbu natija jamoaviy mehnat, qat’iyat va g‘alabaga bo‘lgan intilish samarasi bo‘ldi. Turnir davomida futbolchilar g‘alaba uchun astoydil kurashib, bir-birini qo‘llab-quvvatladi va haqiqiy jamoaviy birdamlikni namoyon etdi.

Murad Buildings uchun sport shunchaki musobaqa emas, balki korporativ madaniyatni mustahkamlash, jamoada hamkorlikni rivojlantirish va hamkasblarni umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirish imkoniyatidir. Futbol maydonida ham, ish jarayonida ham o‘zaro ishonch, mas’uliyat va birgalikda harakat qilish muhim ahamiyatga ega.

Oldinda jamoani yangi uchrashuvlar, yangi marralar va yangi g‘alabalar kutmoqda!