Murad Buildings kompaniyasi yangi turar-joy majmuasi — Tabiat Residence sotuvlarini boshladi. Bu loyiha qulay hayot standartlari va anʼanalarga hurmatni arxitekturada o’zida mujassam qilib, tabiat bilan uygʻunlashgan.
Tabiat Residence Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida, “Geofizika” mahallasida joylashgan. Bu maskan poytaxtning eng tinch, yashil va ekologik hududlaridan biridir. Togʻlarga yaqinligi va toza havo oqimlarida jovlashuvi sababli, bu joy Toshkentdagi eng ekologik hududlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Bu yerda Murad Buildings haqiqiy oilaviy turar-joy majmuasini barpo etmoqda: 4–6 qavatli bloklardan iborat binolar, uygʻun arxitektura ansambliga birlashtirilgan.
Bu loyiha — Murad Buildings falsafasining yorqin ifodasi: har bir mayda unsurga mehr va odamning aynan shunday sharoitdagi uylarda yashashga chorlaydigan makonni yaratishga bo‘lgan intilish. Milliy uslubdagi bezaklar — uylardagi anʼanaviy naqshlarda oʻz aksini topgan. Majmua arxitekturasida oʻzbek motivlari zamonaviy talqinda qayta ochilgan: fasadlar tabiiy tosh va keramogranitdan ishlangan, energiya tejamkor materiallar va monolit karkas qoʻllangan. Bu esa kelajakdagi uylarning mustahkamligini va uzoq umrini ta’minlaydi.
Tabiat Residenceda har kim oʻziga mos uy topa oladi: qulay kvartiralardan tortib, shaxsiy terassali keng sitixauslargacha. Bu esa kelajakdagi xonadon egasiga oʻz hayot tarzi va ehtiyojlariga mos turar-joy tanlash imkonini beradi.
Loyihaning alohida faxri — oilaviy qadriyatlarga va xavfsizlikka berilgan eʼtibor. Ichki hovlilar toʻliq avtomobillardan xoli va bolalar hamda qoʻshnilar uchun xavfsiz maydonga aylantiriladi. Mashinalar uchun raqamlarni avtomatik aniqlash tizimiga ega yer osti avtoturargohi koʻzda tutilgan. Bolalar va sport maydonchalari, erkaklar va ayollar uchun alohida fitnes-zallar, kichik xiyobonlar hamda majmua ichida alohida bolalar xonasi mavjud boʻladi.
Shuningdek, loyihada qo’shnilar o’rtasida muloqot va anʼanaviy mehmondoʻstlik uchun maxsus maskanlar yaratiladi — yashovshilar choyxonada yoki mehmonxonada yaqinlari va qoʻshnilari bilan vaqt oʻtkazishi mumkin. Bunday yondashuv kvadrat metrlar haqida emas, balki qulaylik, birlik va ishonch muhitini yaratish haqidadir.
Majmua hayot uchun qulay joylashuvga ega: bir necha daqiqalik masofada “Yangi Oʻzbekiston” bog’i, zamonaviy supermarketlar, maktablar, bolalar bogʻchalari, poliklinika va Central Asian University (CAU) joylashgan.
Siz ham Tabiat Residencedan oʻzingiz uchun xonadon tanlab, Murad Buildings bilan shahar hayotining yangi darajasiga qadam qoʻyishingiz mumkin.