ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Soy Boy’i turar joy majmuasining yashovchilariga xonadon kalitlari topshirilmoqda

03.02.2026
Soy Boy’i turar joy majmuasining yashovchilariga xonadon kalitlari topshirilmoqda

Murad Buildings kompaniyasi Soy Bo’yi turar joy majmuasidagi xonadon egalariga kalitlarni topshirish jarayoni boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu muhim bosqich loyihaning birinchi navbati muvaffaqiyatli yakunlanganini va ilk yashovchilar uchun yangi hayot sahifasi boshlanayotganini anglatadi. 

 

Loyihaning birinchi navbatiga kiruvchi to‘rtta blokda barcha qurilish va pardozlash ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda kompaniya sifat standartlariga to‘liq muvofiq

holda yakunlandi. Davlat tashkilotlaridan barcha zarur ruxsatnomalar olindi va turar joy majmuasining dastlabki to‘rtta bloki foydalanishga tayyor.

 

Kalitlar Oybek ko‘chasi 38A uy, “Avalon” biznes markazida joylashgan Murad Buildings Kompaniyasining savdo ofisida topshiriladi.

 

Bo‘lajak yashovchilar xonadonlar kalitlarni qabul qilib olishi, muhim tashkiliy masalalar bilan tanishishi hamda kompaniya vakillariga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin bo‘ladi.

 

Kalitlarni olish uchun mobil ilova orqali arizatopshirishingizni so‘raymiz:

 

buttons here

 

Kalitlarni topshirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotni shaxsiy menejeringizdan olishingiz mumkin.

 

Mijozlarimizga bildirgan ishonchi uchun chin dildan minnatdormiz va siz bilan bu unutilmas onni — uy haqiqiy ma’noda sizniki bo‘layotgan lahzani baham ko‘rishdan mamnunmiz!

Boshqa yangiliklar
Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi
Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi
To‘liq o‘qish
Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
To‘liq o‘qish