ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

SOY BO‘YI FEST: Murad Buildings Soy Bo‘yi turar joy majmuasining ikkinchi bosqichini foydalanishga topshirdi

19.10.2026
SOY BO‘YI FEST: Murad Buildings Soy Bo‘yi turar joy majmuasining ikkinchi bosqichini foydalanishga topshirdi

Murad Buildings kompaniyasi Soy Bo‘yi turar joy majmuasining ikkinchi bosqichi ochilishi munosabati bilan SOY BO‘YI FEST bayramini tashkil etdi. Tadbir majmua yashovchilari, ularning oila a’zolari va yangi qo‘shnilarni «Suv bo‘yidagi qo‘shnilar. Mahallangiz shu yerdan boshlanadi» g‘oyasi atrofida birlashtirdi.

Bayram turar joy majmuasining bog‘-hovlisida bo‘lib o‘tdi. Bu kun aholi uchun bir-biri bilan yaqindan tanishish, suhbatlashish va yaxshi qo‘shnichilik an’analariga asos solish imkoniyatini yaratdi. Mehmonlar uchun oilaviy fotosuratga tushish joylari, bolalar mahallasi, turli interaktiv o‘yinlar hamda an’anaviy osh tortilgan taomlar hududi tashkil etildi. Bayramga Live Band guruhining jonli ijrosi va maxsus mehmon Tohir Sodiqovning chiqishi yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirning rasmiy qismi majmua yashovchilarini qutlash bilan boshlandi. Unda Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov va kompaniya bosh direktori Oybek Nurmuhamedov nutq so‘zladi. Ikkinchi bosqichning ochilishi Soy Bo‘yi majmuasi rivojida yangi sahifa bo’lib, yangi qo’shnilar safini yanada kengaytirdi.

SOY BO‘YI FEST yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, qulay yashash muhiti nafaqat zamonaviy me’morchilik va obodonlashtirilgan hudud, balki insonlar o‘rtasidagi samimiy munosabatlar, oilaviy uchrashuvlar va o‘zini uyidagidek his qilish tuyg’usidan ham boshlanadi.

Boshqa yangiliklar
Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi
Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi
To‘liq o‘qish
Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
To‘liq o‘qish