ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22

Yangiliklar

Bolalar tabassumiga to‘lgan kun: Murad Buildings Botanika bog‘ida bolalar uchun bayram tashkil qildi

01.06.2026
Bolalar tabassumiga to‘lgan kun: Murad Buildings Botanika bog‘ida bolalar uchun bayram tashkil qildi

31-may, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida, Murad Buildings Toshkentdagi akademik F. N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘ida bolalar va ularning ota-onalari uchun unutilmas bayram uyushtirdi.

 

Shu kuni bog‘ning so‘lim xiyobonlari bolalar kulgisi, quvonchli lahzalar va samimiy bayram kayfiyatiga to‘ldi. Mehmonlar katta oilaviy tadbirning bir qismiga aylanib, o‘zlari uchun qiziqarli mashg‘ulotlar topish va ertaknamo muhitdan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir dasturi turli ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga boy bo‘ldi. Bolalar laboratoriyasi tomonidan qiziqarli ilmiy tajribalar namoyish etildi, fokuschi chiqishi, sovun pufaklari shousi, ijodiy mashg‘ulotlar va interaktiv o‘yinlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 

Murad Buildings jamoasi haqiqatan ham baxtli shahar odamlar, oilalar, qadriyatlar va uzoq yillar yodda qoladigan xotiralar atrofida qurilishiga ishonadi. Shu sababli bolalikni, oilaviy qadriyatlarni va qo‘shnichilik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash kompaniya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bu kun nafaqat bayram, balki bolalarga yorqin taassurotlar, yangi his-tuyg‘ular va unutilmas xotiralar ulashish uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi. Zero, eng qimmat sarmoya — bu kelajak avlodga, ularning orzulari, shodligi va baxtli bolaligiga kiritilgan sarmoyadir.

Boshqa yangiliklar
Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi
Murad Buildings jamoasi futbol bo‘yicha Korporativ chempionlar ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi
To‘liq o‘qish
Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
Murad Buildings yashil iqtisodiyot va qurilish sohasi rivojiga bag‘ishlangan Global Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi
To‘liq o‘qish