ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22
Kvartira tanlash ico
1 Ру +998 78 122 88 22

Yangiliklar

Mamlakatning eng baxtli kompaniyasi aniqlandi.
Mamlakatning eng baxtli kompaniyasi aniqlandi.

1 fevral kuni Toshkentda Xalqaro Boshqaruv forumi boʻlib oʻtdi, unda xodimlarni boshqarish, korporativ madaniyat va lider qobiliyatlarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Forum doirasida  "Baxt faoliyatda!", deb nomlangan Xalqaro tanlovning natijalari aniqlandi, unda yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi.

 Gʻoliblar 12ta mezon boʻyicha xodimlarni baholash asosida kompaniyaning baxt indeksini hisoblash orqali tanlab olindilar.

 

Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston va Tojikistonning yuzdan ortiq kompaniyalari xodimlari faoliyatlaridan qoniqishi va ishtiroki boʻyicha soʻrov oʻtkazdildi bu esa tashkilot faoliyatini har tomonlama tahlil qilishga imkon berdi. Ushbu anketa inklyuzivlik va gender muvozanatning ustuvor yoʻnalishlariga qaratilgan holda ishlab chiqilgan.

 

Eng kuchli finalchilar safidan, yuqori "Baxt indeksi"ga ega boʻlgan kompaniya, Murad Buildings birinchi oʻrinni egalladi, Kompaniya vakillari oʻz tajribalari va amaliyotlari haqida  forum ishtirochilari bilan boʻlishdilar, savollariga javob berdilar va professional hamjamiyat sifatida eʼtirof etildilar.

Kompaniyaning asoschisi va rahbari Murod Nazarov oʻz fikrini quyidagicha bayon etdi: "Ishtirok etish imkoniyati va eʼtirof uchun forum tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Forum kompaniyalarning xodimlarni boshqarish, korporativ madaniyat va liderlik sohasidagi bilim va malakalarini oshirish uchun foydali platforma hisoblanadi.

 

Mukofotga kelsak, bu kompaniyamizning asosi, yuragi va muvaffaqiyat manbai bo’lmish ahil jamoamiz mehnati e’tirofidir. Jamoa a’zolarini bu toʻgʻri boshqarish, kuchlarni oqilona taqsimlash va yaxshi yoʻlga qoʻyilgan biznes jarayonlari qulay muhitda faoiliyat olib boorish muvaffaqiyat kaliti. Shunda natija ham yaxshi bo’ladi.

 

Kompaniya oʻz mijozlari baxtiyor boʻlganda baxtli boʻladi. Baxtiyor mijozlar esa- baxtiyor xodimlar mehnati natijasi. Menedjmentning vazifasi butun jamoani maksimal darajada baxtiyor qilmoqlikdir.

Bizning jamoa, oʻzining sevimli ishi bilan shugʻullanuvchi yaʼni, betakror, qulay, ishonchli, chiroyli, oʻz egalariga quvonch va baxt keltiruvchi  koʻchmas mulk barpo etuvchi,  kuchli ilhomlangan va ruhlangan, sergʻayrat va ahil jamoadir.

 

Bejizga shiorimiz "Biz baxtni barpo etamiz", deb aytmaymiz, va bu bizning mijozlarimiz bizdan mamnun va minnatdor bòlib qolishlari uchun  barcha harakatlar  qilinishini istashimizda; biz ularga togʻri tanlov qilishda yordam berganimizda,  kelib chiqqan savol va istaklarga maksimal darajada yechim bòla oladigan javoblar berolganimizda namoyon boʻladi.

Boshqa yangiliklar
Orzularingiz ro’yobga chiqishi uchun ajoyib imkoniyat. Murad Buildings va InfinBANK hamkorligida moliyalashtirish dasturi ishga tushdi.
Orzularingiz ro’yobga chiqishi uchun ajoyib imkoniyat. Murad Buildings va InfinBANK hamkorligida moliyalashtirish dasturi ishga tushdi.
To‘liq o‘qish
Murad Buildings’dan sovg‘alar marafoni!
Murad Buildings’dan sovg‘alar marafoni!
To‘liq o‘qish