ico ico
ico
ico
+998 78 122 88 22
Kvartira tanlash ico
1 Ру +998 78 122 88 22

Yangiliklar

Murad Buildingsdan intizorlik bilan kutilgan, nufuzli va biznes-klass toifasidagi - Regnum Plaza!
Murad Buildingsdan intizorlik bilan kutilgan, nufuzli va biznes-klass toifasidagi - Regnum Plaza!

Yangi loyihamiz zamonamizning har qanday talabiga toʻla javob berib, hamma narsada oliy sifat va yuksak saviyani qadrlovchilar qalbidan munosib joy olishiga aminmiz. Regnum Plaza xonadonlarining egalari nafis did sohiblari bo'lib, o'zlarini va yaqinlarini juda qadrlaydigan, ularning hayot tarzidagi qulayliklarini sifat jihatidan yangi pog'onaga olib chiqish istaydigan insonlardir. Shuningdek, ular o'z mablag'larini vaqt o'tishi bilan narxi va qadri oshib boruvchi ishonchli va yuqori daromadli ko'chmas mulkka oqilona sarmoya qiluvchilar hamdir.

 

Murad Buildings jamoasi har bir loyihaga hamisha puxta va chuqur yondashadi, Regnum Plaza loyihasi bundan mustasno emas. U istaklarni oldindan ko’ra bilgandek, hashamatli koʻchmas mulkning talabchan isteʼmolchilarini hayratda qoldishga qodir va unda yashovchi har bir inson uchun biznes toifadagi qulayliklarni taklif etadi.

 

Regnum Plazada yashash – bu shunchaki nufuz emas, balki bu shaharning super qismida joylashuvning barcha afzalliklaridan va turar-joy majmuasining qator imtiyozlaridan bahramand boʻlish imkoniyatidir. Nufuzli maktablar va universitetlar, restoranlar, mashhur fitnes markazlari, supermarketlar va savdo markazlarigacha bo’lgan masofa juda yaqin va ularga ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz osongina yetib olish mumkin.

Majmua arxitekturasiga sanʼat sifatida yondashib, Murad Buildings jamoasi oʻziga xos ijodiy uslubga ega loyiha yaratdi. Regnum Plaza takrorlanmas jozibasi va maftunkorligi bilan Toshkentdagi boshqa turar-joy majmualaridan butkul ajralib turishi shubhasiz.

Bu yerdagi har bir unsur sizning ko’plab ehtiyojlaringizga javob beradi va oilangiz bilan maroqli vaqt o’tkazish uchun koʻplab imkoniyatlar taqdim etadi.


Majmuaning eng jajji yashovchilari uchun ochiq oʻyin maydonchasi va yopiq turdagi bolalar xonasini o‘z ichiga olgan xavfsiz va qulay maskan yaratilgan bo‘lib, bu ularning jismonan, aqlan va estetik jihatdan har tomonlama komil boʻlib voyaga yetishlariga yordam beradi. Oʻziga xos oʻyin maydonchalari bilan jihozlangan hudud bolalar maydonchalari haqidagi odatiy tushunchalarni oz’gartirishi aniq.

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun esa turar-joy majmuasi hovlisining perimetri bo‘ylab keng workout zonalari, ko‘p tarmoqli sport maydonchasi va yugurish yo‘lakchasi mavjud. Ushbu sanab o’tilganlarning barchasi kor’kam landshaft dizayni asosida koʻp yillik daraxtlar va yashil zonalar bilan uygʻunlashadi.


Baxtli hayotingizdagi yoqimli daqiqalar haqida ham unutganimiz yoʻq. Oilangiz va yaqin do‘stlaringiz bilan hayotingizning eng go‘zal damlarini o‘tkazishingiz, dam olishingiz mumkin bo‘lgan choyxona va mehmonlar uchun maxsus moʻljallangan xonalar ham ishlab chiqdik.


Hudud ichida va majmua perimetri bo‘ylab 24 soatlik qo‘riqlash xizmati yashovchilarning xavfsiz va tinch hayot kechirishini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqaruv kompaniyasi xodimlari umumiy hududni toza va ozoda saqlab, majmuani goʻzal va nafis o’simliklar bilan bezalgan muhtasham makon qilish uchun astoydil harakat qiladilar.


Regnum Plaza turar-joy majmuasining fasad qismi va umumiy hududlarining ichki qismi yuqori sifatli, tabiiy materiallar bilan bezatilib, hashamatli va farovon hayotning yuqori standartlariga javob beradi.


Regnum Plaza – mukammallikka intilishning yangi darajasi.

Boshqa yangiliklar
Orzularingiz ro’yobga chiqishi uchun ajoyib imkoniyat. Murad Buildings va InfinBANK hamkorligida moliyalashtirish dasturi ishga tushdi.
Orzularingiz ro’yobga chiqishi uchun ajoyib imkoniyat. Murad Buildings va InfinBANK hamkorligida moliyalashtirish dasturi ishga tushdi.
To‘liq o‘qish
Murad Buildings’dan sovg‘alar marafoni!
Murad Buildings’dan sovg‘alar marafoni!
To‘liq o‘qish