Qozog‘istonlik developer BI Group va Murad Buildings O‘zbekistondagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini kelishib oldilar — “Great Silk Road Business Cooperation Forum” xalqaro biznes-forumi doirasida, 2025-yil 13-noyabr kuni Murad Buildingsning NRG dagi ulushlarini BI Group’ga o‘tishi, kompaniyaning mahalliy o'zligini saqlagan holda amalga oshiriladi.
Bu BI Groupning O‘zbekiston bozoridagi uzoq muddatli strategiyasining navbatdagi bosqichi va hamkorlarning tanlangan professional yo‘llarga nisbatan o‘zaro hurmatini tasdiqlovchi qaror hisoblanadi. NRG kompaniyasi NRG BI brendi ostida va BI Groupning mahalliy boshqaruv jamoasi bilan faoliyatini davom ettiradi. Murad Buildings esa o‘zining noyob loyihalarini rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Bitim narxi va shartlari oshkor etilmadi.

Tomonlar qabul qilgan model har birining eng kuchli kompetensiyalariga tayangan holda strategik qarashni bo‘lingan tarzda amalga oshirishni nazarda tutadi. Murad Buildings aniq arxitektura identifikatsiyasiga ega, individual yechimlarga asoslangan loyihalarni rivojlantiradi. BI Group esa NRGning operatsion boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi, keng qamrovli shahar muhitini va infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Bunday yondashuv qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi va kompaniyaning asosiy kompetentsiyalarini mustahkamlaydi.
NRG mijozlari, xodimlari va hamkorlari uchun bu o‘zgarishlar ular oldidagi majburiyatlarni to’liq saqlanishi va rivojlanish yo‘nalishning izchilligini anglatadi. Xizmat ko‘rsatish standartlari yaxshilanadi, mavjud va amalga oshirilayotgan loyihalarga oid shartnoma shartlari saqlanadi. BI Group O‘zbekiston qonunchiligiga, davlat organlari va mahalliy hamjamiyatlar bilan yaqindan ishlashga, mahalliy yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga va mamlakat ichidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlaydi.

BI Group rahbari Aydin Raximbayevning izohi:
“Biz O‘zbekistonni sherik sifatida ko‘ramiz, bu yerda ishonch bajarilgan va’dalar bilan tasdiqlanadi. NRG boshqaruvining BI Groupga o‘tkazilishi, bu yo’nalishni o‘zgartirish emas, balki boshlangan ishni davom ettirishdir. Biz mahalliy an’analar va professional madaniyatga chuqur hurmat bilan yondashamiz va uzoq muddatli muvaffaqiyat faqat mahalliy jamoalarga tayangan holda, har bir mahalla va har bir uyga mas’uliyat bilan yondashilganda mumkin ekanini tushunamiz.”
Murad Buildings asoschisi va NRG hammuassisi Murad Nazarovning izohi:
“Besh yillik hamkorlik biz uchun juda qimmatli tajriba bo‘ldi. Bu vaqt davomida NRG bir necha muhim va chiroyli loyihalarni amalga oshirdi. Ishonamanki, BI Group’dagi hamkorlarimiz rahbarligida NRG tez va sifatli qurilishlarni davom ettiradi. Biz esa Murad Buildings’ni rivojlantirishga e’tibor qaratamiz — loyihalarning o‘ziga xosligi, zamonaviy texnologiyalar va sifatni ustuvor qilib, eng asosiysi — mijozlarimiz va hamkorlarimizni yanada ko‘proq sevishga intilamiz. Har biringizga ishonch bildirganingiz uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Bu bizni yanada oldinga intilish, insonlarga xizmat qiladigan va shaharni bezaydigan loyihalarni yaratishga ilhomlantiradi.”
NRG BI kompaniyasi O‘zbekistonda barqaror qurilish, shaffof narxlar shaklanishi va mijozlarga a’lo darajadagi xizmat ko‘rsatish tamoyillariga amal qilgan holda faoliyatini kengaytiradi. Kompaniya xaridorlarni qurilish jarayoni va loyihalarning asosiy bosqichlari haqida muntazam xabardor qiladi hamda mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish dasturlarini rivojlantiradi. Barcha qarorlar mamlakatning shaharsozlik siyosatiga muvofiq va tegishli idoralar bilan doimiy muloqot asosida qabul qilinadi.
Yakunlangan hamkorlik loyihalari:
NRG Oybek, NRG U-Tower, NRG Qorasuv, NRG Hayot, NRG Park, NRG Mirzo Ulug‘bek.