+998 (71) 200-88-22

 

    KTPG-630/10/0,4 komplekt transformator nimstansiyasiga texnik topshiriq

    Komplekt transformator nimstansiyasi, quyida belgilangan shartlarni hisobga olgan holda,“10 kVgacha kuchlanishga mo‘ljallangan quvvati 25 dan 2500 kVa gacha bo‘lgan komplekt transformator nimstansiyasi” Ts 25379704-02:2015 texnik shartlari bo‘yicha tayyorlanishi:

     

    1) Komplekt quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: TMG 630/10-U1; 10/0,4; Δ/Yn-11 transformatorlarli 2 ta shkaf-kiosk, tupikli, havodan o‘tgan kirishli va kabel chiqishli.

    2) Komplekt o‘llchamlari 2KTPG 2500x8600x2670 (2500x4300x2670 hajmdagi ikkita transport seksiyali).

    3) Har bir kioskning VN bo‘limlarida: 1 donadan VNA(LP)-10/630 yuklanishli PKT 103-10-50-31,5U3 saqlagichlar bilan jihozlangan uzgich, 1 donadan saqlagichsiz VNA -10/630 yuklanishli uzgich, va 1 donadan RVZ-10/630 II UXL3 ajratgich o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

    4) RUNN kiritgich va seksion uzgichlar – mustaqil uzish moslamasi va motor yuritmali DEKraft uzgichi.

    5) RUNN ketuvchi tarmoq uzgichlari – statsionar, DEKraft seriyali, 1-jadvalga muvofiq.

     

    1-jadval

     
      Uzgich turi  Nominal tok, А Uzish moslamasining nominal toki, А
    Kiritgich uzgichlar V1,V2  ВА306-3р-1000А  1000  1000
    Seksiyali uzgich S  ВА306-3р-1000А  1000  1000
     1-seksiyaning ketuvchi tarmoqlari  1  ВА304-3р-315А  315 315
     2  ВА304-3р-315А  315  315
     3 ВА304-3р-315А  315  315
     2-seksiyaning ketuvchi tarmoqlari   4  ВА304-3р-315А  315 315
     5  ВА304-3р-315А  315  315
     6  ВА304-3р-315А  315  315

     

    6) 0,4kV kirishlarida Energomer — CE-303 5A S31 543-JAVZ tipidagi aktiv-reaktiv quvvatni hisoblash elektron hisoblagichlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

    7) Nimstansiyaga ETHAT (ASKUE) tizimi bilan jihozlangan TMUT (KPPD) qutisi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

    8) Nimstansiyaning kirishlariga o‘lchash asboblari – ampermetrlar (bitta fazaga ulanadi) va voltmetrlar o‘rnatiladi. Shunga o‘xshash boshqa o‘lchash asboblari o‘rnatilishi mumkin.

    9) Nimstansiyada avtomat va qo‘l rejimida ishlaydigan ZAYo (AVR) tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 

    10) Nimstansiyada avtomat va qo‘l rejimida, FR-2 fotoreleda ishlaydigan ko‘chani yoritish tizimini boshqarish sxemasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Maksimal tok 16 (25)A.

    11) 2KTPG elementlari korxonada umumqabul qilingan rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Kuchli tok transformatori ishlab chiqaruvchi zavod rangida yetkazib beriladi. 

    12) Mazkur protokol yetkazib berish shartnomasiga majburiy ilova hisoblanadi. 

     

    Aloqa uchun kontaktlar: telefon – 256-13-04, elektron manzil – zakup@mbc.uz 

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan