+998 (71) 200-88-22

    Dream Construction

    Xasan Maxatmuradov - "Dream Construction" qurilish kompaniyasi rahbari

    Ma’lumotim bo‘yicha biznes-boshqaruv magistriman (MVA) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Akademiyasi huzuridagi Oliy biznes maktabi.

    Umumiy ish stajim – 240 oy. Yoshim uchun yetarli bo‘lmagan ish tajribasiga qaramay, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, doimiy tarzda o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish va tirishqoqlik faoliyatimda rivojlanishning asosiy tamoyillari hisoblanadi. 

    "Murad Buildings" bilan 18 oydan beri hamkorlik qilib kelyapmiz. Mening jamoam, u yerdagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhiti, natijaga erishish yo‘lida jamoaviy faoliyat menga juda manzur. Kompaniya kichik jamoaga qaramay yuksak natijalarga erishayotgani bilan faxrlanaman.

    Ish faoliyatimda qo‘lga kiritgan asosiy yutuqlarimdan biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Akademiyasi huzuridagi Oliy biznes maktabini muvaffaqiyatli tugatganimda, deb bilaman. Bu boshqaruv faoliyatimda qator kasbiy bilimlarni egallashimga imkon berdi. Orttirilgan bilim va tajriba Dream Construction kompaniyasi xodimlarini boshqarishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etishga hissa qo‘shdi, o‘z o‘rnida, loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ularni qisqa vaqt ichida amalga oshirish imkonini yaratdi.

    "Dream Construction" – oliy kasb-hunar ta’limiga ega yuqori malakali mutaxassislar jamoasidir. Mehnat jamoasi – mas’uliyatli, kirishimli, birdam va foyda keltiradigan, qo‘yilgan maqsad va vazifalarni tezkor bajarish salohiyatiga egaligi bilan baholanadi.

    Xodimlarimning professionallik, halollik, maqsadga erishishga intiluvchanlik, o‘ziga nisbatan hurmat va talabchanlik kabi xislatlarini qadrlayman. 

    Xodimlar haqida gapirganda, biz mas’uliyatli, tezkor, o‘z ustida ishlaydigan mutaxassislarni qidiryapmiz. Kompaniyaga ish izlab keluvchi aynan bizning kompaniyada faoliyat yuritishga qiziqishi lozim. U jamoa faoli bo‘lishi, xodimlarni qo‘llab-quvvatlashi, murakkab vaziyatlarda o‘zini va ishga bo‘lgan layoqatini yo‘qotmasligi zarur. Bundan tashqari, yangi hamkasbimizdan bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifa va loyihalar ustida ishlay olishini kutamiz.

    "Dream Construction" zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi qurilish mahsulotlaridan foydalanish va inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali kompaniyaning doimiy professional rivojiga alohida e’tibor qaratadi. Maqsadimiz – bozorda peshqadam bo‘lish. Biz uchun bajarib bo‘lmaydigan vazifaning o‘zi yo‘q. Kompaniyamiz orzularni ro‘yobga chiqaradi. Biz maksimal darajadagi qulay va uyg‘un hayot uchun makon yaratamiz.

    Shiorim: O‘z oldingga maqsad qo‘ydingmi, unga erish, vassalom!

    Dream Construction dan bo‘sh ish o‘rinlari

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish