Mbc.uz - O‘zbekistondagi developerlik kompaniyasi - MB Studio

+998 (71) 200-88-22

 

    MB Studio

    Husniddin Normatov – "MB Studio" loyihalashtirish kompaniyasi rahbari

    Ma’lumotim (Toshkent arxitektura-qurilish instituti) shu kasbni tanlashimga – "Murad Buildings" buyurtmasi asosida turar-joylar loyihasini ishlab chiqishga olib keldi. Mana, 1,5 yildan buyon o‘zaro hamkorlikda yangi uylar loyihasini tuzib, ularni hayotga izchil tatbiq etib kelyapmiz.

    Eng asosiy yutuqlarimdan biri – jamoamiz bilan birgalikda nisbatan qisqa vaqt ichida o‘zining tashqi va ichki ko‘rinishi bilan boshqa qurilish ob’ektlaridan ajralib turuvchi turar-joy binolarining noyob loyihalarini yaratganimiz, deb hisoblayman. 

    Yangilik yaratishda jamoa professional, mas’uliyatli va mehnatsevar bo‘lishi lozim. Jamoamizga yangi a’zoni qabul qilishda, birinchi o‘rinda, nomzodning o‘z vazifalarini bajarish jarayonida ijodiy yondashishiga, jamoa bilan ishlashda faol bo‘lishiga e’tibor qaratamiz. Zero, yangi loyihalarni yaratishga faqatgina jamoa bilan ishlash, uning har bir a’zosiga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash orqali erishiladi. Biz, shuningdek, inoqlik va jamoamiz bilan birga o‘sish istagini, eng murakkab va qiziqarli loyihalarni hayotga tatbiq etishni qadrlaymiz. 

    Shiorim: Puxtalik, chiroy, foyda – har doim va har joyda! Aynan shular har bir loyihamizda namoyon bo‘ladi!

    MB Studio dan bo‘sh ish o‘rinlari

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan

    Direktorga yozish