+998 (71) 200-88-22

    Nima uchun kompaniya nomini Murad Buildings deb atashga qaror qildim?

    13 Oktyabr 2015

    Birinchi sabab:
    “murod” so‘zi arab tilidin olingan bo‘lib, “maqsad”, “intilish”, “orzu qilingan” degan ma‘nolarni anglatadi. Juda ko‘p odamlar o‘z oilalari bilan xavfsiz va har jihatdan qulay bo‘lgan ko‘rkam uylarda yashashni istaydilar, orzu qiladilar va tasavvur etadilar. Orzu qilgan uylarga ko‘chib o‘tgach, niyatlarimiz ushalganidan xursand bo‘lamiz, o‘zimizni baxtiyor va mamnun sezamiz. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, biz uylarimiz doim mana shunday kechinmalar manbai bo‘lishiga harakat qilamiz.

     

     

    Ikkinchi sabab:
    Murad Buildings ingliz tilidan tarjima qilganda “Murodning binolari” degan ma‘noni anglatadi. Yaratuvchanlikni sevadigan, mustahkam uylar qurishni biladigan va o‘z vataniga sadoqatli bir shaxs sifatida o‘z jamiyatiga va xalqiga bunyod etgan binolarimni taqdim etishni sharaf deb bilaman. Mening hayotdagi missiyam ko‘rkam va mustahkam binolarni barpo etish orqali mamlakatimiz farovonligini oshirishga qo‘ldan kelgancha o‘z hissamni qo‘shish kabi muhim bandni o‘z ichiga oladi. Yana shuni ham ta‘kidlash joizki, mening muallifligimda va shaxsan nazoratim ostida qurilgan barcha uylarga har doim Murad Buildings logotipini hech bir ikkilanmasdan o‘rnatamiz.

     

    Uzoq muddatli biznesga qo‘l urganda, birinchi navbatda, atrofida biznes g‘oyalari va strategiyasi quriladigan fundamental qadriyatlar va tamoyillarni belgilab olish muhim ahamiyatga ega.
    Men kompaniyamni bir necha yuz yillardan keyingi holatini ko‘ra olaman va mening nomim menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Ishonch va yuqori sifatni ta‘minlagan holda, mening jamoam va shaxsan o‘zim keng doiradagi iste‘molchilarning ishonchini qozonishga intilamiz

     

    Men o‘z ismimni qadrlayman, obro‘-e‘tiborimni saqlab qolishga harakat qilaman va binolarimizning sifati ustida qayg‘uraman!
    Ezgu tilaklaringiz ro‘yobga chiqsin, aziz do‘stlarim!
    Murod Nazarov, Murad Buildings kompaniyasi asoschisi.

     

     

     

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish