Mbc.uz - O‘zbekistondagi developerlik kompaniyasi - Murad Buildings Amir Temur turar joy majmuasini bunyod qilish!

+998 (71) 200-88-22

    Murad Buildings Amir Temur turar joy majmuasini bunyod qilish!

    11 Sentyabr 2015

    Hozirda biz faol ravishda tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz, yo‘llarni kengaytirmoqdamiz, yaqin yerlarda joylashgan uylarning egalari uchun vaqtinchalik avtomobil to‘xtash joylarini tayyorlamoqdamiz. Mazkur turar joy majmuasi ko‘p qavatli avtomobil to‘xtash joyiga ega bitta besh qavatli uydan iborat bo‘ladi. Bolalar o‘ynash maydonchasi va fitnes-markaz, xususiy maktabgacha ta‘lim muassasasi va boshqa shu kabi ijtimoiy xizmatlarga alohida e‘tibor qaratiladi.

    Fursatdan foydalanib, bizning yangi loyihamizni faol qo‘llab-quvvatlayotgan va ma‘qullayotgan barcha bo‘lg‘usi qo‘shnilarga ulkan tashakkurlar bildirib qolamiz! Murad Buildings jamoasini uchratib, qanchalar xursand bo‘layotgan insonlarni ko‘rish naqadar yoqimli. Bizga bildirgan ishonch va iltifotlaringiz uchun sizga katta rahmat, sizning ishonchingizni oqlash uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz! Shuningdek biz, bizga o‘z taklif va istaklari hamda foydali maslahatlari bilan murojaat qilayotgan qo‘shnilarga ham minnatdorchilik bildiramiz! Biz sizning ushbu maskanni obodonlashtirishga o‘z hissangizni qo‘shish istagingiz va mas‘uliyatli yondashuvingizni juda ham qadrlaymiz! Birgalikda bu hududni eng chiroyli maskanga aylantiramiz! Biz doim xalq bilan birgamiz, konstruktiv takliflar uchun doim ochiq bo‘lganmiz va bo‘lamiz ham!

     

     

     

    Rejalashtirilayotgan Amir Temur TM manzili: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, M-4 dahasi. Mo‘ljal – ARDUS do‘koni ortida.

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan

    Direktorga yozish