+998 (71) 200-88-22

    Murad Buildings “Yangi ko‘chib keluvchilarni kutamiz!” ijtimoiy-ekologik loyihasini ishga tushiradi!

    17 Iyul 2015

    Qizg‘in sur‘atlarda rivojlanayotgan Murad Buildings developerlik kompaniyasi 2015 yil oxirigacha Toshkent shahridagi bog‘ hududlariga va turar joy hovlilariga qushlar uchun 2000 ta uya o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Aksiyada qatnashib, qush inlarini yasash va ularni o‘rnatish orqali shaharni ko‘rkamlashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan o‘rta-maxsus va oliy ta‘lim muassasalari talabalari taklif etiladi.

    Ushbu aksiya yoshlarning bo‘sh vaqti foydali o‘tishiga imkon beradi, shuningdek, ularning o‘z mehnati bilan mustaqil pul ishlab topishini ta‘minlaydi

    Aksiya ekologik xususiyatga ham ega. U ko‘plab qushlarga daraxtlarga emas, yog‘ochdan yasalgan qulay inlarga o‘rnashishga yordam beradi. Ular oddiy xas-cho‘pli uyalardan farqli ravishda, Toshkent shahridagi ko‘kalamzor hududlarning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Bundan tashqari, qulay qush uychalari uyalardan qush bolalarining tushib ketishi xavfini kamaytiradi, shuningdek, ularning mayda yirtqichlar va bezorilar tomonidan buzib ketilishi muammosini ham bartaraf qiladi.
    “Kompaniyamiz o‘zining aniq missiyasiga ega, unda ijtimoiy va ekologik jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi!” — deydi Murad Buildings asoschisi va rahbari Murod Nazarov.

    Agar bizning loyiha sizga qiziq bo‘lsa va unda ishtirok etishni istasangiz, (+998-90) 372-27-11 telefon raqami orqali bizga qo‘ng‘iroq qiling!

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan

    Direktorga yozish