Mbc.uz - O‘zbekistondagi developerlik kompaniyasi - Nega aynan Murad Buildings?

+998 (71) 200-88-22

 

    Nega aynan Murad Buildings?

    "Murad Buildings" turar joy imoratlari va noturar joy binolarini barpo etishga ixtisoslashgan bo‘lib, mazkur soha rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. Mijozlarimizga g‘amxo‘rlik qilish, xizmatlarimizni doimiy ravishda rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek, professional mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish biznesimizning asosini tashkil etadi.

    Biz biznesimizni yuritish mezonlariga rioya etuvchi ishonchli sheriklar bilan hamkorlik qilamiz. Bu o‘z bilim va tajribangizni nafaqat "Murad Buildings" da, balki uning hamkorlarida ham sinab ko‘rish imkonini beradi. Hamkorlarimiz bo‘lmish "Franchising Invest", "Perfect Consult", "Dream Construction", "Kvadrat Metr Invest" kompaniyalari faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishishingiz mumkin. Franchaising Invest, Priority Standard, MB Studio, Dream Construction, Kvadrat Metr Invest.
     
    Xodimlarimizga kamol topishi va rivojlanishi, sifatli binolar barpo etishi va o‘z xizmati bilan mijozlarimizga baxt ulashishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etamiz. Biz va hamkorlarimiz bilan mamlakatimiz va xorijda qurilish sohasini taraqqiy ettirishga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
     
    Ko‘plab qiziqarli vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, tashabbuskorlik va faollikka intiluvchan jamoamizda karerangizni boshlashingiz uchun yaxshi imkoniyat mavjud.
     
    Biz barcha loyihalarimiz bilan faxrlanamiz va safimizga qo‘shilishingiz orqali bu iftixorni biz bilan bo‘lishishingizni istaymiz!

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan

    Direktorga yozish