Mbc.uz - O‘zbekistondagi developerlik kompaniyasi - Eski uyda yashash joningizga tegdimi? Aynan o‘sha yerda yangi qurilgan uyga ko‘chib o‘ting!

+998 (71) 200-88-22

 

    Eski uyda yashash joningizga tegdimi? Aynan o‘sha yerda yangi qurilgan uyga ko‘chib o‘ting!

    Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda shahrimiz faol ravishda yangicha qiyofa kasb etmoqda. Eski uylar buzilib, ularning o‘rniga yangi binolar – yangi uylar va biznes-markazlar qurilmoqda.
    Biroq, ming afsuski, eski ayniqsa, shahar markazida joylashgan uylarning egalari uchun mazkur jarayon bir qator qaltisliklar bilan bog‘liq. Masalan, eski uyning buzilishi bir umr yashab kelgan, o‘rgangan tumanidan ko‘chishga olib kelishi mumkin.

    Mana shuning uchun ham biz aynan Toshkentning markaziy tumanlarida joylashgan eski ikki qavatli uy egalari uchun quyidagi ajoyib taklifni ishlab chiqdik.

    Kim?
    aksiyada shahar markazida joylashgan ikki qavatli (umumiy xonadonlar soni 20 va undan ko‘p bo‘lgan 1–2 qavatli uylar) uylarda yashovchilar ishtirok etishlari mumkin.

    Nima uchun?
    Biz sizning uyingiz o‘rnida ko‘p qavatli yangi uy qurib beramiz, siz esa aynan o‘sha yerdagi uydan yangi xonadonga (muvofiq o‘lchamdagi) ega bo‘lasiz. Sizning tomoningizda beriladigan qo‘shimcha to‘lov miqdori m2 uchun atigi 500 000 so‘mni tashkil qiladi.

    Qanday qilib?

    • aksiyada ishtirok etish uchun barcha qo‘shnilarning roziligini olgach, bizga quyidagi ma‘lumotlar bilan murojaat eting:
    • Uyning joylashgan joyi haqida batafsil ma‘lumotlar;
    • kadastr hujjatlari; bino egallagan va obodonlashtirilgan yer maydoni o‘lchamlari.

    Biz quyidagilarni kafolatlaymiz:

    • Yangi uyning eng yuqori sifati va ishonchliligini!
    • Qurilishning tezkor muddatlarda bitkazilishini (uzog‘i bilan 11 oy)!
    • Insoflilik va o‘zaro manfaatli qarorlar.

    Quyidagi telefon raqamlari orqali batafsil ma‘lumotlar olishingiz mumkin: +(998 98) 311-51-15; +(998 90) 985-08-10

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan

    Direktorga yozish