Mbc.uz - O‘zbekistondagi developerlik kompaniyasi - Missiya va qadriyatlar

+998 (71) 200-88-22

 

    Missiya va qadriyatlar

     
    Kasbiy missiyamiz:
    • O‘zbekistonni ko‘rkam binolar, bog‘lar va yo‘llar bilan bezatamiz;
    • Insonlarni mustahkam, har jihatdan qulay va hamyonbop narxlardagi turar joylar bilan ta‘minlaymiz;
    • Biznes yuritish uchun eng samarali tijorat inshootlarini quramiz.
     
    Ijtimoiy missiyamiz:
    • Aholiga hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam beramiz, ijtimoiy loyhalarni qo‘llab-quvvatlaymiz;
    • Aholiga muvaffaqiyatlarga erishishda yordam ko‘rsatamiz, natijada boylar safi ortib, nochorlar soni kamayib boradi;
    • Ta‘lim va tibbiy muassasalarni quramiz va/yoki qo‘llab quvvatlaymiz.
     
    Qadriyatlar:
    • Adolatli ayirboshlash – davomli muvaffaqiyatlarimiz garovidir;
    • Yuqori ma‘naviyat haqiqiy muvaffaqiyatlarimizga mutanosibdir;
    • O‘z ishiga muhabbat va yaratuvchanlik yuksak natijalarga olib keladi;
    • Eng muhimi «kim bilan?», so‘ngra «nima?» va «qanday qilib»;
    • Samimiylik va beg‘arazlik kuch bag‘ishlaydi;
    • Yutuqlarimiz o‘zimizdan va oilamizdan boshlanib, jamiyat va vatanimiz yutuqlari bilan davom etadi;
    • Biz o‘zimiz uchun qadrli deb hisoblagan narsalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz;
    • Yaqinlarga yordam bermasak va jamiyatdan uzoqlashib ketadigan bo‘lsak, biz hech qachon baxtli bo‘la olmaymiz;
    • Har birimiz zimmamizda burch bilan dunyoga kelamiz. Muhimi o‘z qismatimizni to‘g‘ri anglash va uni bajarishga ulgurishimizdadir;
    • Buyuk maqsadlar va ulkan rejalar – ishonchli va uzoq muddatli istiqbolimiz garovidir.

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Agar robot bo‘lmasangiz, sirg‘algichni o‘ngga olib boring
    Bloklangan
    Blokdan chiqarilgan

    Direktorga yozish